Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiyot va moliya vaziri tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiyot va moliya vaziri tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimida Erlepesov Nurullan Umirzakovich o‘z ishini boshladi.

N.Erlepesov nomzodi ushbu lavozimga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ikkinchi sessiyasida tasdiqlangan edi.

Shu munosabat bilan, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida tayinlovga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Budjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasi raisi Seytnazarov Berdibek so‘zga chiqib, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash va moliyaviy tizimini yanada takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan ijobiy islohotlarni xalq hayotida ifoda etish muhim vazifa ekanini alohida ta’kidlab, yig‘ilganlarga yangi vazirni tanishtirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring