Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zafar Azimov bir oy ichida ikki marta katta lavozimga tayinlandi

Zafar Azimov bir oy ichida ikki marta katta lavozimga tayinlandi

Shu oy boshlarida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Azimov Zafar Abdumajidovich ishdan olinib, yangi lavozimga tayinlandi.

U Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Zafar Azimov 1985 yilda Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tavallud topgan.

Avvalroq Ro‘ziyev Zafar Sharopovich Jizzax viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida 2021 yildan bugungi kungacha Mustanov Abdivalijon Saidovich hamda viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2019 yildan bugungi kungacha Ashurmatov Oybek Shodmonkulovich ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring