O‘zbekistonga yana sovuq havo kirib kelmoqda
O‘zbekiston bo‘yicha 2025 yil 6-10 yanvar kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
Ertaga, 7 yanvarda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib kelishi boshlanadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
8 yanvarda kechasi va ertalab faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik saqlanib turadi.
8 yanvarda kunduz kuni va 9-10 yanvarda O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
8-10 yanvar kunlari havo harorati kechalari 2-5 daraja iliqdan 3-6 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 5-8 daraja iliqdan 0-3 daraja sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida 6-8 yanvar kunlari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Poytaxtimizda 6-10 yanvar kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 7 yanvarda kechqurun va 8 yanvarga o‘tar kechasi yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi.
Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati:6 yanvarda kunduzi 8-10 daraja iliq;7 yanvarda kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliq;8 yanvarda kechasi va kunduzi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq;9 yanvarda kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq;10 yanvarda kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter