1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi – Prezident

Prezident Mirziyoyev bugungi yig‘ilishda qimmat bozorlarda talab yuqori bo‘lgan ayrim tovarlar eksportiga cheklov qo‘yilgani uchun ko‘plab imkoniyatlar qo‘ldan boy berilayotganini qayd etib o‘tdi.
Endilikda, 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi. Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.
Bu tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat ekani ta’kidlandi.
«Bir narsani aniq tushunish kerak. Agar tadbirkorlar qimmat bozorlarga ishlasa, ularda mahsulotni ko‘paytirish, sifatni yaxshilashga intilish, ishtiyoq ortadi, manfaat bo‘ladi», - dedi Prezident.
Shuningdek, shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinishi hamda quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanishi ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter