Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrika ikkiga bo‘linib ketmoqda

Afrika ikkiga bo‘linib ketmoqda

Keniyada 2018 yilda hosil bo‘lgan yoriq.

Foto: Getty Images

Afrika qit’asi yerda 3 200 kilometrdan uzunroq yoriq hosil bo‘lishi oqibatida ikkiga bo‘linib ketishi mumkin. Bu haqda Bild yozmoqda.

Sabab: doimiy harakatdagi tektonik plitalar. Ilk alomatlar 2005-yilda Efiopiya cho‘lida 50 kilometr uzunlikdagi yoriq hosil bo‘lishi bilan ko‘ringandi. Navbatdagi yer yorilishi 2018-yilda Keniyada kuzatildi: uning chuqurligi 15 metr, kengligi 20 metrgacha, uzunligi bir necha kilometrga yetgandi.

Umuman olganda, buyuk Afrika yorig‘i 30 million yil burun paydo bo‘lgan. Afrika plitasi sharq tomonidan sinib, yangi — Somali plitasi hosil bo‘lyapti.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yorilish nafaqat insoniyat tarixi, balki geologiya nuqtai nazaridan ham juda tez kechmoqda. Yer silkinishlari jarayonni yanada jadallashtirib yuborishi mumkin.

Foto: Bild

Afrikadagi yer yorig‘i yiliga 0,8–2,5 santimetrga kengaymoqda. Somali, Efiopiya, Tanzaniya to‘liq va Keniyaning yarmi oxir-oqibat Afrika yaqinidagi ulkan orolga aylanishi mumkin. Yana bir tomondan, ilgari dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan Zambiya va Uganda yangi hosil bo‘lgan okean bo‘yidagi mamlakatlarga aylanadi (albatta, hisob-kitoblar taxminiy).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring