Erkin Muhitdinov yangi lavozimga tayinlandi
Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligiga Muhitdinov Erkin Madorbekovich vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Erkin Muhitdinov turli yillarda turli banklarda ishlagan, 2017-yil iyunida bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgandi. 2023-yil avgustida Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimi, 2024-yil mayida Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Biroq besh oydan keyin faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlar qoniqarsiz olib borilayotgani uchun lavozimidan olingan.
Hozirga qadar Ekologiya vazirligining O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tayinlovga qadar o‘rmon xo‘jaligi sohasini uzoq yillardan buyon Nizomiddin Bakirov boshqarib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter