Yapon olimlari umrni uzaytiruvchi mevani aniqlashdi
Yaponiya salomatlik milliy instituti olimlari shaftoli insonning qarish jarayonini sekinlashtiruvchi va umrini uzaytirish xususiyatiga egaligini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Asian Journal of Longevity Research (AJLR) jurnalida e’lon qilindi.
«Shaftoli — antioksidantlarning haqiqiy koni. Eruvchi va erimaydigan kletchatkalarga boy bu meva organizm uchun kuchli himoya qalqoni yaratadi», — dedi Tokio tibbiyot universiteti gerontologiya va diyetologiya mutaxassisi, doktor Kenzo Hashimoto.
Tadqiqotga ko‘ra, shaftoli tarkibidagi beta-karotin va polifenol kabi antioksidantlar sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmagan holda saraton hujayralarini tanlab yo‘qotish xususiyatiga ega. Ayniqsa, yaxshi yetilgan shaftoli mevalarini iste’mol qilganda samaradorlik yuqori bo‘ladi.
Mavzuga doir: Olma — yurak uchun juda foydali...
Model organizmlarda o‘tkazilgan tajribalar asosida shaftoli ekstrakti umrni 23 foizgacha uzaytirishi mumkin, degan xulosaga kelingan. Olimlarning fikricha, shaftolini muntazam iste’mol qilish salomatlikni mustahkamlash va umrni uzaytirishning eng arzon va oddiy usuliga aylanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter