Markaziy bank bitta fuqaroga ajratiladigan bank kartalari soniga cheklov kiritdi
O‘tgan yilning noyabrida Markaziy bank bitta jismoniy shaxsga kartalar sonini bitta bankda 5 tagacha belgilash masalasi ko‘rilayotgani haqida xabar qilgan edi.
Spot nashrining o‘z manbalariga tayanib yozishicha, Markaziy bank bu borada 2025 yilning 1 yanvaridan 31 dekabrigacha amal qiladigan yangi tartibni tasdiqladi: ya’ni, endilikda bitta fuqaroga ajratiladigan bank kartalari soni 20tagacha cheklanadi.
Qayd etilishicha, ushbu vaqtinchalik tartibga ko‘ra, endilikda banklar tomonidan bitta fuqaroga (bitta JShShIRga) emissiya qilinadigan kartalar soni bitta bankda 5tagacha, barcha banklarda esa 20tagacha cheklanadi.
Bunda mazkur talab virtual va kobeydjing kartalarni ham o‘z ichiga oladi, biroq chet el valyutasida ochilgan kartalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qayd etilishicha, bu «bank kartalari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalarning oldini olish, firibgarlik sxemalarida jismoniy shaxslarga tegishli hisobvaraqlar va bank kartalari ishtirokini kamaytirish maqsadlari» bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, Markaziy bank tijorat banklariga jismoniy shaxsning bank kartalarida (jumladan virtual kartasida) 12 oy davomida hech qanday amaliyot bajarilmagan bo‘lsa, ushbu kartalarni bloklash va karta egasiga xabar berish vazifasini ham yuklagani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter