Yana bir toifa budjet xodimlarining maoshlari 15 foizga oshirildi
Prezidentning 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-son farmoni bilan o‘tgan yili 12-avgustda qabul qilingan ish haqi, pensiya va nafaqalarni oshirishga doir 108-son farmonga tegishlicha o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
Unga ko‘ra, endilikda budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari bilan birgalikda farmatsevtika xodimlarining ham oylik maoshlari 15 foizga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, PF-108-son farmonda 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, «Muruvvat» internat uylari, «Mehribonlik» va Bolalar uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdorini 15 foizga oshirish belgilangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter