Financial Times 2025-yil uchun o‘z prognozlarini e’lon qildi. Bizni nimalar kutmoqda?
Financial Times 2025-yil uchun o‘z prognozlarini e’lon qildi.
Xo‘sh, bizni nimalar kutmoqda:
- Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik sulhi tuziladi. Ukrainaning NATOga a’zolik masalasi ochiqligicha qoladi;
- Tramp yangi tarif urushini boshlaydi. AQShga import qilinadigan mahsulotlardan 10 foizdan kam bo‘lmagan boj undiriladi;
- Bitkoin qiymati $200 mingga chiqadi;
- AQShda foiz stavkalari hozirgi holatida qoladi yoki yil oxiriga borib ko‘tariladi;
- Makron Fransiya prezidentligini saqlab qoladi;
- Texnonahanglar — Alphabet, Amazon, Apple, Microsoft, Nvidia va Tesla inqirozga uchramaydi;
- Xitoy eksporti arzonlashishda davom etadi;
- Ilon Mask va Donald Tramp munosabatlariga putur yetmaydi;
- Germaniya davlat qarzlariga cheklovlarni yumshatadi;
- Obligatsiyalar bozori qulamaydi;
- Eronning yadroviy ob’yektlariga Isroil va AQSh zarba bermaydi;
- Elektromobillarning jahon savdosi 25 foizdan oshmaydi;
- Prezident Miley Argentinada valyuta nazoratini bekor qiladi;
- Sudandagi urush davom etadi;
- Kundalik turmushda faol qo‘llaniladigan sun’iy intellekt-agentlar paydo bo‘ladi;
- Kompakt-disklar vinil plastinkalari «o‘rinbosari» sifatida qayta tug‘ilmaydi.
O‘tgan yili nashrning 22 ta prognozidan faqat uchtasi noto‘g‘ri chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter