Oliy sud taqiqlangan materiallar bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi
Internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va materiallar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud ma’lumot berdi.
2025-yil 8-yanvar holatiga ko‘ra, ro‘yxatga 1 ming 389 ta turli profil, kanal va materiallar kiritilgan. Xususan:
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 203 ta profil va materiallar;
Telegram messenjerida 713 ta kanal, guruh va materiallar;
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 226 ta profillar va boshqalar mavjud.
«Qadrli ota-onalar va yoshlar! Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo‘l qo‘ymang», deyiladi Oliy sud matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter