Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda qozoq tilida xizmat ko‘rsatmagan qahvaxona aholi noroziligi sabab kasodga uchradi

Qozog‘istonda qozoq tilida xizmat ko‘rsatmagan qahvaxona aholi noroziligi sabab kasodga uchradi

Ostonada mijoziga qozoq tilidagi menyuni taqdim etishdan bosh tortish bilan bog‘liq janjal qahvaxonaning yopilishi bilan yakunlandi.

Ma’lum qilinishicha, mijoz poytaxt shahardagi Qazaq Coffee qahvaxonasining ijtimoiy tarmoq sahifalaridan biriga unga xodimlar qozoq tilidagi menyu taqdim etishdan bosh tortgani haqida izoh qoldirgan. O‘z navbatida, muassasa vakili unga xodimlarning qozoq tilida so‘zlashi shart emasligini aytib javob qoldirgan.

Bu holat esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan va uni qozoq tiliga hurmatsizlikda ayblagan. Shu sababli faollar aholini ommaviy ravishda mazkur qahvaxonani baykot qilishga va qahvaxona reytingini pasaytirish uchun ijtimoiy tarmoq sahifalarida «yomon baho» qo‘yishga chaqirgan.

Oqibatda esa qahvaxona egasi kasodga uchragan va faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilgan.

Qozog‘istonda qozoq tiliga hurmat talab qilingan yuqoridagi kabi holat yagona emas. Avvalroq ham xuddi shunday til mojarosi Chocofamily guruhi bilan yuz bergan, biroq biznes egasi Ramil Muxoryapovning xalqdan so‘ragan uzridan so‘ng vaziyat o‘nglangan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring