To‘qayev Nazarboyevning Putin bilan uchrashuvlariga izoh berdi
Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvlariga izoh berdi. Bu haqda Tengrinews.kz yozgan.
“Yaqinda birinchi prezidentning Vladimir Putin bilan Moskvadagi uchrashuvi turli talqinlarga sabab bo‘ldi. Rasmiy iste’fodan keyin besh yil o‘tib bunday uchrashuvning maqsadga muvofiqligi haqida chalkashliklar paydo bo‘ldi va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari bilan bog‘liq fitna nazariyalari vujudga keldi. Sizning fikringiz: bunday uchrashuvlar nima uchun va kimga kerak?” – deb so‘ragan jurnalist To‘qayevdan.
“Bu Nursulton Nazarboyevning Vladimir Putin bilan ikkinchi uchrashuvi, kuz boshidagi birinchi uchrashuv haqida matbuotda xabar berilmagan, shekilli. Ular eski do‘stlar va hamkasblar sifatida uchrashishadi”, — deya javob berdi To‘qayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvlar tashabbuskori Nursulton Abishevich bo‘lib, sobiq rahbar uchun bu nihoyatda muhim.
“Biz uning Qozog‘iston SSR Vazirlar Kengashining sobiq raisi, partiya rahbari, keyin esa suveren Qozog‘iston prezidenti sifatida Kreml bilan ma’naviy va siyosiy jihatdan chambarchas bog‘langanini unutmasligimiz kerak. U Moskvada xizmat safarlarida, qurultoy va plenumlarda, ishchi va rasmiy tashriflar bilan bo‘lgan”, — deya qo‘shimcha qildi Prezident.
Shuningdek, To‘qayev Nursulton Nazarboyevning uzoq muddatli prezidentlik davrida kamchiliklar bo‘lganini ta’kidlagan edi.
“Iste’foga chiqqan, ammo Xavfsizlik Kengashining raisligida qolganidan so‘ng, ochig‘ini aytganda, u bosh vazir, Milliy bank raisi, vazirlar, hokimlar ishtirokida doimiy ravishda yig‘ilishlar o‘tkazib turdi. Bu qo‘shhokimiyatchilik haqidagi gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi"- dedi To‘qayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter