Qozog‘istonda ikki yilda 27 nafar «jinoiy avtoritet» qo‘lga olindi
Oxirgi ikki yilda Ichki ishlar vazirligi tomonidan uyushgan jinoiy guruhlar tuzish, ularga rahbarlik qilish va ishtirok etish bilan bog‘liq 120 dan ortiq, shu jumladan, 13 ta transmilliy jinoyat ishi ro‘yxatga olingan, deb xabar berdi «Zakon.kz».
600 dan ortiq jinoyatchi javobgarlikka tortilgan. Uyushgan jinoiy guruhning xalqaro qidiruvda bo‘lgan 27 nafar a’zosi qo‘lga olingan. Qozog‘iston hududida qo‘shni davlatlardan kelgan olti nafar qonundagi o‘g‘rilarning faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tovlamachilik va boshqa og‘ir jinoyatlar bilan shug‘ullangan 160 ta jinoiy guruhning noqonuniy faoliyati bartaraf etilgan. Tovlamachilik bo‘yicha 1300 dan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, odam savdosi bilan bog‘liq 400 dan ortiq jinoyatlar aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter