Qamchiq dovonida selfi olishga uringan 2 kishini qor bosib qoldi
Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida ikki kishini qor bosib qogan va ular voqea joyida halok bo‘lgan.
FVV matbuot xizmatining xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, voqea joriy yilning 8 yanvarida A-373 – «Toshkent-Andijon-O‘sh» avtomobil yo‘lining 141-kilometrida maxsus texnika harakatlanishi uchun mo‘ljallangan zaxira hududida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, dovonda 8 kishidan iborat guruh chang‘i uchish uchun toqqa chiqishgan. Ulardan biri taqiqlangan hududda selfi olishga uringanida qoqilib, qor uyumiga tushib ketgan. Uni qutqarmoqchi bo‘lgan sherigi ham qor ostida qolib ketgan. Baxtsiz hodisa qurbonlari Farg‘ona viloyati Rishton tumanidan bo‘lgan.
Voqea joyiga chaqirilgan qutqaruvchilar halok bo‘lganlarning jasadlarini qor ostidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Marhumlarning (1993 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan ikki nafar erkak) o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter