Mashinani piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun (O‘RQ-1055-son, 10.04.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilganligi, shuningdek yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno):
- BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga;
xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etish:
- BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter