Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Intellektual mulk sohasini rivojlantirganlar uchun ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Intellektual mulk sohasini rivojlantirganlar uchun ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Adliya vazirligi ishlab chiqqan Hukumat qarori loyihasi bilan «Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun» ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, ko‘krak nishoni bilan mamlakatda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga, intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy himoyasini ta’minlashga va aholida intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan har yili 1-yanvardan 1-martga qadar Adliya vazirligiga taqdim etilishi lozim.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘krak nishonini ta’sis etish bilan rag‘batlantirilgan soha vakillari ko‘magida intellektual mulk sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalariga erishiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring