Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘yxona xatlandi

To‘yxona xatlandi

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida katta miqdordagi kredit mablag‘larini olib, to‘lovlarini esa o‘z vaqtida qaytara olmagan qarzdor jamiyatning garovdagi mulki sotuvga qo‘yildi.

Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanlararo iqtisodiy sudining 27.11.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi  TIF «Milliy bank» AJ foydasiga qarzdor MChJdan 2 mlrd. so‘m kreditning asosiy qismi va 171,2 mln. so‘m kredit foizi undirilishi belgilangan.

Shuningdek, undiruv garovdagi tumanning Qo‘shtepa massivida 11 000 kv.m. yer maydoni biriktirilgan holda joylashgan to‘yxona va savdo maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi bino-inshootlariga qaratilishi ko‘zda tutilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida Byuroning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan garovdagi to‘yxona bino-inshootlari xatlab qo‘yildi.

Hozirda to‘yxona bino-inshootlari 3,7 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan «e-auksion» elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring