Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirqta jarimasi bo‘lgan «Malibu» ushlandi

Qirqta jarimasi bo‘lgan «Malibu» ushlandi

Toshkentda haydovchi 40 marta yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan bo‘lsa-da, ma’muriy jarimalarni to‘lashni o‘ylamagan.

60 kunlik muddat tugaganidan so‘ng, mazkur ma’muriy jarimalar MIB organlariga kelib tushgan.  Jarimalarning umumiy hajmi 27 mln 415 ming so‘mga yetgan.

Ijro harakatlari davrida MIBning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan qarzdorga tegishli mol-mulklarga taqiqlar o‘rnatilib, tegishli tartibda «Malibu» avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qarzdorga tegishli «Malibu» Mirzo Ulug‘bek tumani hududida harakatlanayotgan vaqtida YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan va avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilinganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, davlat ijrochilari jami 40 ta ma’muriy jarima ijro hujjatlari bo‘yicha 27,4 mln so‘m miqdordagi jarimalarni undirgan va ijro ishi amalda tamomlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring