«Toshkent – Samarqand» tezyurar poyezd yo‘lini qurish bo‘yicha TIAni ishlab chiqish boshlandi
2024-yil 24-dekabr kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» Janubiy Koreyaning «Saman Corporation» kompaniyasi bilan «Toshkent – Samarqand» yangi tezyurar temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari (TIA)ni tayyorlashni boshladi.
Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha mamlakat transport tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgani, yangi magistral ikki yirik shahar o‘rtasidagi qatnov vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi hamda yo‘lovchilarga qulaylik va transport xizmatlari sifatini oshirishi ta’kidlandi.
Tomonlar ushbu tashabbusning mintaqalararo aloqalarni yaxshilash, yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish va tezyurar poyezdlar qatnoviniko‘paytirishda muhimligini ta’kidladilar. Loyihaning amalga oshirilishi respublikaning iqtisodiy rivojlanishini mustahkamlashga yordam beradi va O‘zbekiston transport sanoatini yangi bosqichga olib chiqadi.
Muzokaralar natijasida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash jarayonini tezlashtiradigan ishchi guruh tuzishga qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz joriy yil 25-sentyabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilari kengashining to‘qqizinchi yillik yig‘ilishida Prezident Mirziyoyev «Toshkent – Samarqand», «Samarqand – Navoiy – Buxoro» yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshirilishini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter