Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda «Hududgaz» operatori qo‘lga olindi

Samarqandda «Hududgaz» operatori qo‘lga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Tabiiy gaz va elektr energiyasidan qarzdorlikni yo‘q qilib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda «Hududgazta’minot» Pastdarg‘om filiali operatori J.P. fuqaro M.A.ning xonadonida tabiiy gaz ta’minotidan 3 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib hamda yangi gaz hisoblagich o‘rnatib berishi evaziga 4 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bulung‘ur tuman ETK elektro-montyori Sh.E. va boshqalar tadbirkor M.Sh.ning tikuvchilik sexida elektr ta’minotidan 14 mln so‘m qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga 3,8 mln so‘mni olib, qarzdorlik bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani nobud qilgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring