Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rossiya tomoni uzr so‘rashi kerak» – ozarbayjonlik deputat

«Rossiya tomoni uzr so‘rashi kerak» – ozarbayjonlik deputat

Ozarbayjon parlamenti deputati Rasim Musabekov, Rossiya tomoni Ozarbayjon fuqaro samolyotiga havo hujumidan mudofaa vositalari bilan qilingan hujum uchun uzr so‘rashi kerakligini bildirdi.

«Samolyot Rossiya hududida, Grozniy osmonida urib tushirilgan. Buni inkor etishning iloji yo‘q», - dedi Milliy Majlisning Xalqaro munosabatlar qo‘mitasi a’zosi, siyosatshunos Rasim Musabekov.

Uning aytishicha, Rossiyada ayrim shaxslar bu voqeaning izini yashirish uchun ommaviy axborot vositalarida ma’lum harakatlarni amalga oshirmoqda.

Biroq, uning fikricha, buning o‘rniga Rossiya tomoni vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilishi va uzr so‘rashi lozim.

«Bu ishni sodir etganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar uchun tovon to‘lanishi kerak. Agar shunday qilinmasa, munosabatlar, shubhasiz, boshqa yo‘nalishga o‘tadi», - dedi Musabekov.

Ma’lumot uchun, 25-dekabr, chorshanba kuni Boku-Grozniy reysini bajarayotgan AZAL samolyoti Qozog‘iston hududiga qulab tushgan va bunga sabab sifatida avvaliga qushlar bilan to‘qnashuv aytilgan bo‘lsa-da, keyinchalik samolyot Rossiya havo hujumidan mudofaa raketasi tomonidan urib tushirilgani haqidagi ma’lumotlar o‘rtaga chiqa boshladi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bu borada o‘z fikrini bildirib, halokat sabablari haqida gapirishga hali erta ekanini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring