Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjon samolyoti Grozniyda maxsus rejim e’lon qilinganda qo‘nishga uringan – Rosaviatsiya

Ozarbayjon samolyoti Grozniyda maxsus rejim e’lon qilinganda qo‘nishga uringan – Rosaviatsiya

Rossiya Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) Oqtauda halokatga uchragan Ozarbayjoning «Embraer 190» yo‘lovchi samolyoti halokati yuzasidan munosabat bildirdi.

Agentlikning ta’kidlashicha, AZAL samolyoti halokatga uchragan soatlarda Grozniy aeroportida juda quyuq tuman bo‘lgan va havo kemasi qo‘mondoni uni ikki marta qo‘ndirishga urinib ko‘rgan. Ayni paytda u yerda Ukraina dronlarining hujumlari tufayli «Kavyor» amaliyoti e’lon qilingan bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, samolyot qo‘mondoniga Rossiyaning boshqa aeroportlariga qo‘ndirish taklif qilingan, biroq u Aqtauga uchib ketishga qaror qilgan.

«Rossiya tomoni Qozog‘istonni Oqtau yaqinida halokatga uchragan samolyot halokatini tekshirishda hamkorlik qilishga tayyorligi haqida ma’lum qildi», – dedi Rosaviatsiya rahbari Dmitriy Yadrov.

Ma’lumot uchun, bir muddat oldin qator Ozarbayjon havo yo‘llari «Embraer 190» yo‘lovchi samolyotining «tashqi aralashuv natijasida halokatga uchrashi yuzasidan tergovning dastlabki natijalarini hamda boshqa xavflarni hisobga olgan holda» 2024-yil 28-dekabrdan boshlab Rossiyaning Mineralniye Vodi, Sochi, Volgograd, Ufa, Samara, Grozniy va Maxachqal’a shaharlariga parvozlarini to‘xtatganini e’lon qildi. 

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin ozarbayjonlik deputat Rasim Musabekov, Rossiya tomoni Ozarbayjon fuqaro samolyotiga havo hujumidan mudofaa vositalari bilan qilingan hujum uchun uzr so‘rashi kerakligini bildirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring