Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Rossiya havo hududi xavfsizmi?» — Alisher Qodirov

«Rossiya havo hududi xavfsizmi?» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov «O‘zbekiston havo yo‘llari» birinchi o‘rinda vatandoshlarimiz xavfsizligi haqida o‘ylashi kerakligi haqida gapirdi.

«Milliy tiklanish» fraksiyasi bu mavzuda Transport vazirligi va kompaniyaga asosli tushuntirish berish so‘ro‘vini yuboradi, dedi u.

Avvalroq Aqtauda Ozarbayjon samolyoti halokatiga Rossiya raketasi sabab bo‘lgani aytilgandi. 

Rossiyaning yer-havo raketasi Grozniy ustidan uchuvchisiz uchish paytida 8432-reysga uchirilgan va uning bo‘laklari samolyotga zarar yetkazgan holda portlagan. Euronews’ga ma’lum qilinishicha, shikastlangan samolyot uchuvchilarning favqulodda qo‘nishni so‘rashiga qaramay, Rossiya aeroportlariga qo‘nishga ruxsat berilmagan va Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonning Aqtau tomon uchishi buyurilgan.

«Samolyot Rossiya hududida, Grozniy osmonida urib tushirilgan. Buni inkor etishning iloji yo‘q», - deya munosabat bildirgandi Milliy Majlisning Xalqaro munosabatlar qo‘mitasi a’zosi, siyosatshunos Rasim Musabekov.

Ozarbayjon aviakompaniyasi samolyoti halokatidan so‘ng Rossiyaning qator shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring