Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda «Tez yordam» xodimlari kaltaklandi

Qoraqalpog‘istonda «Tez yordam» xodimlari kaltaklandi

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Tez tibbiy yordam xodimi kaltaklangani aks etgan video tarqalgan edi.

Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi SSV Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Amudaryo tumani Tez tibbiy yordam bo‘limiga soat 19:40 da ushbu tumanning «Qilichboy» MFYda yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan K.R. ismli (ayol) fuqaro bo‘yicha chaqiruv kelib tushgan.

Chaqiruvga asosan, shifokor S.P. va feldsher B.J. haydovchi M.H. boshqaruvidagi maxsus avtomashinada chaqirilgan manzilga 8 daqiqa 30 soniyada yetib borgan.

Tez tibbiy yordam xodimlari bemorni tekshiruvdan o‘tkazib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shu vaqtda bemor mast holatdagi qaynotasiga xonadan chiqib turishni iltimos qilgan va qaynotasi xonadan agressiv holatda chiqib ketgan.

Xodimlar bemorga kerakli yordamni ko‘rsatib bo‘lib, tashqariga chiqayotgan paytda, bemorning qaynotasi shifokor va feldsherga hujum qilib, tanasining yuzi va bo‘yniga yengil tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, ularni tahqirlab, haqoratli so‘zlarni aytgan.

Mazkur holat yuzasidan tibbiy xodimlarga kuch ishlatgan shaxs IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan.

Tan jarohati olgan xodimlar esa Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya punktida ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring