Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda Trampga qarshi katta namoyishlar boshlandi

AQShda Trampga qarshi katta namoyishlar boshlandi

O‘n minglab odamlar AQSh prezidenti Donald Tramp siyosatiga norozilik bildirish uchun Amerika poytaxti ko‘chalariga chiqdi.

Namoyishchilar “Hali buyuk emas” va “Demokratiyadan qo‘lingni tort” kabi shiorlar yozilgan bannerlarni ko‘tarishgan.

Namoyishchilar Vashington yodgorligi oldida to‘planishdi. Poytaxtdan tashqari Amerikaning mingdan ortiq shaharlarida ham norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishlar AQSh hukumati samaradorligi departamenti rahbari Ilon Maskka ham qarshi qaratilgan. 

Chikago universiteti (NORC) so‘roviga ko‘ra, amerikaliklarning atigi 40 foizi yangi prezidentning iqtisodiy siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu Donald Trampning 2017-yildan buyon eng past qo‘llab-quvvatlashdir. Trampning umumiy ma’qullash reytingi ham AQShning 46-prezidenti Jo Bayden o‘z vakolati boshida turganidan ham pastroq.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Tramp qator davlatlarga, jumladan O‘zbekiston mahsulotlariga ham boj kiritdi. Umumiy hisobda 180 dan oshiq davlat mahsulotlariga bojlar kiritildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring