Uzoq yillar qidirilgan o‘zbekistonlik sobiq mansabdor Turkiyada qo‘lga tushdi
Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda joriy yilda Turkiyada qo‘lga olingan, 2011-2013 yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan, jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, o‘zgalarning mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanyapti.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, 1951-yilda tug‘ilgan Jafarova Xaticha Musayevna O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘ralmoqda.
«Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi», – deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter