Buyuk Britaniya agentligi 3 mingga yaqin o‘zbekistonlikni ishga olib ketmoqchi
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan yangi mavsumda Britaniya qishloq xo‘jaligi sohasiga o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini jalb qilish maqsadida «Pro-Force Limited» va «HOPS Labour Solutions Ltd» rekruting agentliklari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
«Dunyo» AAning ma’lum qilishicha, muzokaralar natijasida joriy yil fevral oyida «Pro-Force Limited» agentligining Toshkentga tashrifini tashkil etish va 3 mingga yaqin saralangan nomzodlarni boshlab bosqichma-bosqich tarzda Buyuk Britaniyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Shuningdek, «HOPS Labour Solutions Ltd» kompaniyasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda 14-15 yanvar kunlari o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini uchun onlayn tarzda test sinovlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter