Kanadada O‘zbekiston Bosh konsulxonasini ochish rejalashtirilyapti
Jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yilgan 2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida Kanada, Braziliya va Amerika qit’asining boshqa yetakchi hamkor mamlakatlari bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yana-da chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish masalasi ko‘tarilgan.
Jumladan, 2025-yil yakuniga qadar Kanadada O‘zbekiston Bosh konsulxonasini ochish rejelashtirilmoqda.
Shuningdek, Kanada, Braziliya, Kuba bilan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundlarini tashkil etish hamda shu kabi yetakchi davlatlarning salohiyatli kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va turli iqtisodiy tadbirlar tashkil etish masalasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, hujjat loyihasida Kuba bilan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda Lotin Amerikasida qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan mamlakatlarning mutasaddi vazirlik va davlat idoralari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘zaro tajriba almashish maqsad qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter