Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist «ish»i ortidan 4 kishi qamoqqa olingan

Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist «ish»i ortidan 4 kishi qamoqqa olingan

O‘tgan yilning oktyabrida Toshkentdagi mehmonxonalarning birida ta’til o‘tkazish uchun kelgan rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi Radchenko Maksim hamda 48 yoshli o‘zbekistonlik X.N. noma’lum gazdan zaharlanib vafot etgani xabar qilingan edi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar.uz’ga bildirishicha, ayni paytda mazkur ish doirasida 4 nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hibsga olinganlar orasida mehmonxona egasi, isitish qozoni sotuvchilari va chilangar bor.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, mehmonxonada o‘rnatilgan isitish qozoni ekspertiza tekshiruuvlari natijasida eskirganligi aniqlangan. Bundan tashqari, o‘rnatish vaqtida undan qismlar olib tashlangan, bu esa uglerod oksidi (is gazi) oqib chiqishiga va mehmonlarning o‘limiga sabab bo‘lgan.

«Tergov davom etmoqda», – deydi BP matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring