Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kurd qurolli guruhlari yo qurollarini tashlaydi yoki Suriya yerlariga dafn etiladi – Erdo‘g‘on

Kurd qurolli guruhlari yo qurollarini tashlaydi yoki Suriya yerlariga dafn etiladi – Erdo‘g‘on

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on chorshanba kuni Suriyadagi kurd jangarilari hamda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan suriyalik jangchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etayotgan bir paytda, kurd jangarilari yo qurollarini qo‘yishini yoki «dafn etilishini» aytdi.

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Anqara Suriyadagi terrorchilik tashkilotlarini, birinchi navbatda, IShID va Kurdiston ishchilar partiyasini yo‘q qilishga qat’iy qaror qilgan.

Asad ketganidan keyin Anqara bir necha bor kurd jangari guruhlari tarqatib yuborilishi kerakligini, Suriya kelajagida ushbu guruhga joy yo‘qligini ta’kidlab kelmoqda.

«Bu ikkala guruh ham Turkiya va Suriyaning omon qolishiga tahdid soladi. Ayirmachi-jinoyatchilar yo qurollarini tashlaydi yoki qurollari bilan birga Suriya tuprog‘ida dafn etiladi. Biz bilan kurd birodarlarimiz orasiga qonli devor qurmoqchi bo‘lgan terror tashkilotini yo‘q qilamiz», – dedi Erdog‘an parlamentdagi chiqishida.

Ma’lumot uchun, Turkiya AQSh bilan ittifoqdosh Suriya Demokratik kuchlarining (SDF) asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan kurd YPG bo‘linmasini 1984-yildan beri Turkiya davlatiga qarshi kurashib kelayotgan Kurdiston Ishchilar partiyasi (PKK) militsiyasining davomi sifatida ko‘radi.

PKK Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan terror tashkiloti deb topilgan. Anqara bir necha bor NATO ittifoqchisi Vashington va boshqalarni YPGni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring