Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tibetdagi zilzila: qurbonlar soni ortmoqda (foto)

Tibetdagi zilzila: qurbonlar soni ortmoqda (foto)

Tibetda sodir bo‘lgan kuchli zilzila natijasida kamida 95 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Xitoy OAV. Yer silkinishlari natijasida ko‘plab binolar qulagan.

Xitoy seysmologik tarmoq markazi ma’lum qilishicha, Nepal bilan chegara yaqinidagi Tibet avtonom tumanida mahalliy vaqt bilan soat 9:00 atrofida kuchli zilzila sodir bo‘ldi.

Yer silkinishlari Nepal poytaxti Katmanduda ham sezilgan.

«Tingri okrugi va uning atrofida juda kuchli silkinishlar sodir bo‘ldi, epitsentr yaqinidagi ko‘plab binolar qulab tushdi», deb xabar berdi davlat telekanali.

Voqea joyidan olingan suratlarda vayron bo‘lgan uylar va vayronalar har tomonga sochilganini ko‘rish mumkin.

Xitoy ommaviy axborot vositalari mahalliy hokimiyat idoralari zilzila oqibatlarini baholash uchun okrugdagi aholi punktlarini tekshirayotgani haqida xabar bermoqda.

Sinoptiklarning ta’kidlashicha, Tingrida harorat -8 daraja sovuq atrofida va bugun kechasi -18 darajagacha tushadi.

Tog‘li okrugda 62 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mintaqada tez-tez zilzilalar sodir bo‘ladi, ammo bugungi zilzila besh yil ichida eng kuchlisi bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring