Tibetda kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Bugun, 7-dekabr tongida Xitoyning Tibet muxtor tumanida, Nepal bilan chegara yaqinida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati xabar berdi.
Zilzila epitsentri Tibetdagi ikkinchi katta shahar Shigadzedan 163 km olisda bo‘lib, uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.
Guvohlarga ko‘ra, kuchli yer silkinishlari Hindistonning Bixar, Assom va G‘arbiy Bengaliya shtatlarida ham kuzatilgan. Vahimaga tushgan odamlar uylaridan yugurib chiqishgan.
Ayni paytda zilziladan jabrlanganlar va ko‘rilgan talafotlar haqida ma’lumotlar tahlil qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter