Mirziyoyev Xitoy rahbariga hamdardlik bildirdi
Mirziyoyev XXR rahbariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Xitoy janubi-g‘arbidagi Shigatsze shahri Dinji uyezdida kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, 7-yanvarda Tibetda 7,1 magnitudali zilzila kuzatildi. Oqibatda yuzga yaqin inson halok bo‘ldi. Yana ko‘plab kishilar jabrlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter