Qozog‘istonda Telegram ofisi ochiladi
Qozog‘iston raqamlashtirish vaziri Jaslan Madiyevning aytishicha, Telegram ushbu mamlakatda o‘z ofisini ochadi.
«Telegram bilan uning ofisini ochish va vakilini tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishilib, kontent nazoratini oshirish yo‘lida muhim qadam tashlandi», — dedi vazir.
Madiyevning ta’kidlashicha, Qozog‘iston raqamlashtirish vazirligi zudlik bilan noqonuniy kontentni o‘chirish va buzg‘unchi kanallarni bloklash bo‘yicha messenjer bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter