Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti saylovi sanasi va nomzodlar e’lon qilindi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti saylovi sanasi va nomzodlar e’lon qilindi

Foto: Twitter/iocmedia

2025-yilning 20-mart kuni Gretsiyada Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti saylovi o‘tkaziladi. Jahondagi eng yirik sport tashkiloti rahbarligi uchun yetti nomzod o‘rtasida kurash kechadi.

XOQ matbuot xizmati nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi:

  • Sebastyan Kou (World Athletics rahbari);
  • Xuan Antonio Samaranch-kichik (XOQ vitse-prezidenti);
  • David Laparten (Xalqaro velosipedchilar ittifoqi rahbari);
  • Faysal ibn Husayn (Iordaniya shahzodasi, XOQ ijroqo‘mi a’zosi);
  • Kirsti Koventri (XOQ ijroqo‘mi a’zosi, suzish bo‘yicha ikki karra olimpiya chempioni);
  • Yohan Eliash (Xalqaro chang‘i sporti federatsiyasi rahbari);
  • Morinari Vatanabe (Xalqaro gimnastika federatsiyasi rahbari).

Yuqoridagi nomzodlar Gretsiyada 18–21-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 114-sessiyasi doirasidagi saylovda prezidentlik uchun kurashadi. Ungacha har bir nomzod 30-yanvarda Lozanna (Shveysariya)dagi yopiq uchrashuvda o‘z dasturlari taqdimotini o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring