Toshkentda Captiva egasi PPX inspektorini kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimiga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatish holati aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
IIBB ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 19 avgust tungi soat 02.00 larda Bektemir tumanidagi bozor hududida tungi xizmatga jalb qilingan Bektemir tumani IIO FMB PPX inspektori safdor J.Rajabov transport vositasi to‘xtab turish taqiqlangan joyga qo‘yilganligi holatini aniqlagan. Ushbu transport vositasi boshqa transport vositalarining erkin harakatlanishiga xalaqit berganligi sababli J.Rajabov Saptiva rusumli avtomashina egasini chaqirtirgan va transport vositasini olib qo‘yishini so‘ragan.
Biroq 1990 yilda tug‘ilgan Shavkat Abdullayevlar IIO xodimining qonuniy talabini bajarmasdan, unga faol qarshilik ko‘rsatib, safdor J.Rajabovni urib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter