Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda jamoat transportlariga naqd pul bilan to‘lov qilganlar jarimaga tortiladi

Toshkentda jamoat transportlariga naqd pul bilan to‘lov qilganlar jarimaga tortiladi

Toshkent shahrida joriy yil 1-yanvardan avtobuslarda naqd pul orqali to‘lovlar qabul qilinmaydigan bo‘ldi. Yo‘lkira uchun to‘lovlarni naqd to‘lash amaliyoti bekor qilinishi ortidan chiptachilar faoliyatidan voz kechilgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda poytaxtda 2 644 ta avtobekat bo‘lsa, ular atrofiga 5 500 ta QR-chiptalar olish uchun shoxobchalar o‘rnatilgan. Ayni damda poytaxtdagi bu moslamalar mavjud bo‘lmagan bekatlarga infokiosklarni integratsiya qilish ishlari ketmoqda.

Bunda, agar yo‘lovchi naqd pul orqali to‘lov qilmoqchi bo‘lsa, QR-chiptani xarid qilish uchun to‘lov infokiosklaridan foydalanishlari mumkin. Bir martalik to‘lov uchun QR-chipta olinsa, yo‘l haqi 3 000 so‘m, ATTO kartasi yoki mobil ilova orqali to‘lashda esa 1700 so‘mni tashkil etadi.

«Agar yo‘lovchi yo‘l haqini naqd ko‘rinishda qabul qiladigan bo‘lsa, haydovchi qabul qilmasligi kerak. Vaziyat Transport inspeksiyasining hududiy inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi. Birinchi safar ogohlantirish beriladi. Ogohlantirishga qaramasdan huquqbuzarlik takrorlanadigan bo‘lsa, o‘rnatilgan tartibda haydovchiga ham yo‘lovchiga ham ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi», – deydi Transport nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi inspektori Salimjon Nishonboyev .  

Rasmiyga ko‘ra, ma’muriy bayonnoma MjTKning 144-moddasi hamda 145-moddasiga asosan rasmiylashtiriladi. Ya’ni, yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan tuziladi va bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan biri miqdorida jarima belgilanadi. Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 ming bo‘lsa, 37 ming 500 so‘m miqdorida fuqaro jarimaga tortiladi. Avtobsularga esa «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan nazorat kameralari o‘rnatilgan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring