Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtobusda naqd pul to‘laganlar jarimaga tortilishi inkor etildi

Avtobusda naqd pul to‘laganlar jarimaga tortilishi inkor etildi

Foto: Xabar.uz

Transport vazirligi avtobusda naqd pul to‘laganlar jarimaga tortilishini inkor etdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, jarima chiptasiz yurganlik uchun belgilanadi.

"Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar avtobus yo‘nalishlarida naqd pulda to‘lov qilgan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi to‘g‘risida asossiz ma’lumotlar joylanmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 144-moddasida yo‘lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan", deyiladi vazirlik izohida. 

Avvalroq Transport nazorati inspeksiyasi yo‘l haqini naqd pulda to‘laganlar jarima qilinishi haqida gapirgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring