Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Trampning Kanada va Grenlandiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi

Rossiya Trampning Kanada va Grenlandiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Grenlandiya va Kanada haqidagi so‘zlariga izoh berar ekan, siyosatchi hali o‘z lavozimini rasman egallamaganini eslatdi. Bu haqda diplomat Sputnik radiosiga ma’lum qildi.

"U prezident bo‘lgach, o‘z vakolatlarini qabul qilgach, rasmiy maqomda AQSh davlati va xalqi nomidan gapiradi, ehtimol, o‘shanda buni qandaydir tarzda baholash va tahlil qilish mumkin bo‘ladi", degan Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Grenlandiyani AQShga qo‘shib olish zarurligi haqida yozgan edi. Bunga javoban Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede "orol sotilmaydi" deya bayonot berdi.

7-yanvar, seshanba kuni Tramp yana hududni sotib olish haqida gapirib, Grenlandiya Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirishi kerakligini, chunki u milliy xavfsizlik va “erkin dunyo”ni himoya qilish uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Siyosatchi, shuningdek, Kanadani AQShga 51-shtat sifatida qo‘shishni taklif qildi. Uning fikriga ko‘ra, bu boj va soliqlarning sezilarli darajada kamayishiga olib keladi, Kanadaning o‘zi "tahdidlardan to‘liq himoyalanadi". 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring