Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxt va viloyat markazlarida ayrim turdagi korxonalarni tashkil etish taqiqlanishi mumkin

Poytaxt va viloyat markazlarida ayrim turdagi korxonalarni tashkil etish taqiqlanishi mumkin

Keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, Ekopartiya va Ekologiya vazirligi taklifini inobatga olgan holda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida ayrim yo‘nalishlardagi yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanishi mumkin.

Bu haqda Prezidentning «O‘zbekiston–2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni loyihasida so‘z boradi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, 2025-yil 1-maydan boshlab yuqorida ko‘rsatilgan manzillarda:

  • asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;
  • teri-ko‘nchilik, parrandachilik fabrikalari;
  • samaradorligi yuqori bo‘lgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi ko‘mir yoqish;
  • qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar bo‘lgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;
  • xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari faoliyatini tashkil etishni taqiqlash reja qilinyapti.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring