Rossiyadan ota-ona qarovisiz qolgan 15 nafar bola Vatanga qaytarildi
Joriy yil 4-dekabr kuni Rossiyaning 6 ta hududida O‘zbekiston TIV konsullik muassasalari ko‘magida 10 dan ortiq ota-ona qarovisiz qolgan bolalar aniqlangani va ularni yaqin kunlarda O‘zbekistonga qaytarish rejalashtirilayotgani aytilgandi.
Bolalarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ish olib borayotgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi, IIV hamda SSVning o‘rganishlari jarayonida yana 5 nafar bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgani aniqlandi.
Bugun, 15-dekabr kuni jami 15 nafar bolalar O‘zbekistonga qaytarildi.
O‘z oilalariga qaytarilishiga qadar bolalarning 10 nafari Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga, qolgan 5 nafari esa vaqtinchalik Toshkent shahridagi Bolalar uyiga joylashtirildi.
Qayd etilishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibidagi «Inson» markazlari xodimlari va mahalladagi ijtimoiy xodimlar faol ish olib borib, bolalarni qabul qilish uchun ularning oilalarini har tomonlama tayyorlashda ishtirok etishdi. Bolalar qaytarilgach, mutasaddi xodimlar ularning oilaviy muhiti va bolaning holatini muntazam monitoring qiladi va zaruriyat tug‘ilganda ijtimoiy xizmatlar biriktiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter