Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oilaviy bog‘chalardagi kambag‘al oila farzandlari to‘lovi qisman qoplab beriladi

Oilaviy bog‘chalardagi kambag‘al oila farzandlari to‘lovi qisman qoplab beriladi

Ijtimoiy himoya sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident bu yil ijtimoiy himoya bo‘yicha qilingan 34 ta muhim yangilikka qo‘shimcha 28 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.

Kelgusi yilda 1 million 200 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun ta’lim, to‘garak, kasb-hunar, tibbiyot masalalarini hal qilish va yashash sharoitini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

Toyloq va Kosonsoyda “Ilk rivojlanish markazlari” ochilib, kambag‘al oiladagi va nogironligi bo‘lgan 4 ming 200 nafar bolaga bog‘cha ta’limi berildi.

Viloyat hokimlariga o‘zidagi har bir tumanda bittadan shunday tajribani tashkil qilish topshirildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Umarova 2025 yilda kambag‘allik yuqori 1 mingta mahallada bittadan oilaviy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Yangi yildan oilaviy bog‘cha o‘rinlarini 15 foiziga kambag‘al oila farzandlari qabul qilinadi va bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi.

Kambag‘al oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga o‘qitish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Mutasaddilarga 1 martgacha to‘garaklar ochib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlarni o‘qitishni boshlash topshirildi.

To‘garak xarajati 80 foizgacha budjetdan qoplanadi.

Kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025 yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi.

Oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi. Vazir Q.Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

Kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan 23 ming odamga ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-ukasi yoki opa-singlisi qarab o‘tiribdi.

Kelgusi yildan mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarni 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yiladi.

Natijada yaqiniga qarab turgan 15 ming aholinining ishlashiga sharoit yaratiladi.

Xususiy sektor bunday xizmatni ko‘rsatgan kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi.

Bu tajriba Toshkent shahrida 1 martgacha, boshqa hududlarda yil yakunigacha yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring