Los-Anjelesdagi yong‘in Gollivud ramzigacha yetib keldi
Los-Anjelesdagi yong‘in tepalikdagi mashhur Hollywood yozuvigacha yetib keldi. Bu ramz Amerika kinosanoatining tashrif qog‘ozi sanaladi.
AQSh parvozlarni boshqarish federal agentligi yong‘in zonalari ustidan uchishni taqiqladi. Gollivud tepaliklari, Paliseyd boy-badavlatlar tumani va Malibu plyaji shular jumlasiga kiradi. So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, Los-Anjelesdagi yong‘inlarda besh kishi halok bo‘lgan.
Taniqli shaxslar, xususan, AQSh prezidentligi uchun kurashgan Kamala Harrisning qarorgohi, aktyorlar Ben Afflek, Tom Henks, qo‘shiqchi Riannaning uylari o‘t ichida qoldi. Malibuda aktyor va qo‘shiqchi Peris Hiltonga tegishli uylardan biri yonib kulga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter