Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Trampning keskin bayonotlaridan xavotirga tushmoqda

Yevropa Trampning keskin bayonotlaridan xavotirga tushmoqda

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Grenlandiya haqidagi bayonotlaridan so‘ng Yevropa davlatlarini uyg‘onishga chaqirgan

Makron Yevropa o‘z xavfsizligi va raqobatbardoshligini yanada faolroq kuchaytirishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Parijda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Barro Trampning so‘zlarini sharhlar ekan, bu dunyo “kuchlining ustunligi” davriga kirganidan dalolat berishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shuning uchun ham Fransiya so‘nggi yetti yil davomida Yevropaning mudofaa, savdo va raqobatbardoshlik sohalarida mustahkamlanishiga faol yordam bermoqda.

"Ammo endi biz o‘z pozitsiyalarimiz va manfaatlarimizni himoya qilish uchun ancha oldinga borishimiz kerak. Prezident bizga Yevropa uyg‘onishi kerakligini aytdi", - dedi Barro. 

Shu bilan birga, u Tramp orolga harbiy bosqin uyushtirishiga shubha bildirdi.

O‘z navbatida, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi g‘oyasini "yomon" deb atadi va bu amalda amalga oshirilmasligiga ishonch bildirdi. Shu munosabat bilan u mazkur masalani muhokama qilishni zarur deb hisoblamaydi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring