Dunyodagi eng faol vulqonlardan biri uyg‘ondi
Gavayi arxipelagining eng katta orolida joylashgan Kilauea vulqoni uyg‘ondi, deb xabar berdi AQSh geologiya xizmati (USGS).
Kilauea — dunyodagi eng faol vulqonlardan biri.
Bu Kilaueaning 2020-yildan buyon oltinchi marta otilishi. Oldingi otilishlari bir haftadan bir yilgacha davom etgan.
Vulqon Milliy bog‘ yopiq zonalarida joylashgani bois lava oqimi odamlar va aholi maskanlariga xavf solmaydi. Biroq suv bug‘lari, karbonat angidrid gazi va oltingugurt dioksidi, ayniqsa, shamol kuchaysa, xavfli bo‘lishi mumkin. Hududda qizil aviatsiya kodi e’lon qilingan, ya’ni ayrim aviaparvozlar bekor qilinish xavfi ostida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter