52 yil oldin yo‘qolib qolgan britaniyalik soppa-sog‘ topildi
Yo‘qolgan odamni qidirishning eng uzoq davom etgan izlanishlaridan biri omad bilan yakunlandi. Britaniya politsiyasi yarim asrdan ko‘proq vaqt oldin g‘oyib bo‘lgan ayol tirik va sog‘-salomat topilganini tasdiqladi.
Sheila Foks 1972-yilda Angliyaning markaziy qismidagi Koventri shahrida g‘oyib bo‘lganida 16 yoshda va ota-onasi bilan yashar edi. Politsiya uni biror erkak bilan aloqada bo‘lib, u bilan qochib ketgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilgan.
Tergovchilar tomonidan avvalgi ishlarni qayta ko‘rib chiqish jarayonida topilgan Foksning eski fotosurati uning topilishiga yordam berdi. Surat nashr etilganidan bir necha soat o‘tib, politsiyaga yo‘qolgan ayol haqidagi ma’lumot bilan qo‘ng‘iroq qilishgan.
Ushbu ma’lumot ortidan Foks topilgan va politsiyaning aytishicha, u «xavfsiz va mamlakatning boshqa qismida yashaydi».
Vest-Midlends politsiyasining «ochilmay qolgan ishlar» bo‘yicha guruhidan detektiv Jenna Shou Sheyla 50 yil o‘tib bo‘lsa-da topganidan xursandligini aytadi.
«Har bir bedarak yo‘qolgan odamning o‘z hikoyasi bor va ularning oilalari va do‘stlari ularga nima bo‘lganini bilishlari va ular bilan qayta uchrashishlariga umid qilishlari kerak», – deya qo‘shimcha qilgan u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter