O‘zbekiston BAAni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi
Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida JCh-2026 saralashi doirasida O‘zbekiston-BAA termalari o‘zaro kuch sinashdi.
Uchrashuv keskin vaziyatlarga boy bo‘ldi. Ammo birinchi bo‘limda tomonlarga gol urish nasib etmadi.
Ikkinchi bo‘limda hakam o‘zbekistonlik futbolchiga qarshi qo‘pol o‘ynagan raqib o‘yinchisini maydondan chetlatdi.
76-daqiqada BAAlik futbolchi jarima maydonchasida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Belgilangan penaltini Otabek Shukurov golga aylantirdi.
O‘yin taqdirini shu gol hal qildi. Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi ochkolar soni 10taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi turda O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter