Yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik boshlanmoqda
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining yakuni va oldinda kutib turgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, qo‘mita raisi o‘rinbosarlari Saken Po‘latov va Azizjon Komilovlar ishtirok etishdi.
Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik, xususan, o‘yinlar dasturi va unga kiritiladigan sport turlarini ko‘rib chiqish kun tartibidan o‘rin oldi va bu bo‘yicha barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Unda jamoaviy sport turlari va ayollar sportiga yanada ko‘proq ahamiyat qaratish, terma jamoalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilab, tajribali xorijiy murabbiylarni jalb etish, sportchilarning tibbiy ta’minotini kuchaytirish kabi mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter