Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda sovuq havoda yupun kiyimdagi o‘quvchilar tadbirga jalb qilindi

Surxondaryoda sovuq havoda yupun kiyimdagi o‘quvchilar tadbirga jalb qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda taqalgan «o‘quvchilarning sovuq havoda yupun kiyimda tadbirga jalb qilingani» aks etgan video yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘rganish ishlarini olib bordi.

Aniqlanishicha, 2024-yilning 6-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Denov tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi, temir yo‘l ustidan o‘tgan ko‘prik foydalanishga topshirilgan. Mazkur ko‘prikning ochilish marosimiga sovuq ob-havoda Denov tumanidagi 14 va 16-sonli musiqa maktablarining o‘quvchilari (16 nafar qiz hamda 4 nafar o‘g‘il bola) tuman Madaniyat boshqarmasi topshirig‘i bilan yengil bayramona kiyimlarda jalb qilingan.

Ayni paytda holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Madaniyat vazirligiga bolalarning sog‘ligini xavf ostiga qo‘ygan mas’ullarga tegishli chora ko‘rish va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritgan.

«Taqdimnoma Madaniyat vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilib, bolalarning sog‘ligini xavf ostiga qo‘yilganligi yuzasidan hududning tegishli mansabdor shaxslariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanildi.

Shuningdek, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarga yuqorida qayd etilgan qonun buzilish holatlariga takroran yo‘l qo‘ymaslik, o‘quvchilarni har qanday tadbirlarga asossiz jalb qilishni qat’iyan taqiqlash choralarini ko‘rishga oid ko‘rsatmalar Madaniyat vazirligi tomonidan berildi», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring